DIPLOMDAN MUHIMROQ NARSA: NEGA ISH BERUVCHILAR TAJRIBANI TALAB QILMOQDA?
Abstract
Bugun mehnat bozori keskin o‘sib bormoqda. Har bir sohada o‘z kasbining
“diplomli” mutaxasisslari yetishib chiqmoqda. Biroq, kun mavzusi shundaki,
ularning necha foizi olingan diplomni oqlay oladi…?
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, yoshlar O‘zbekiston sharoitida
ko‘proq diplom muhim hisoblanishini ta’kidlashsa, ba’zilar aksincha agar ishni yaxshi
bilsa bu hujjatni so‘rashmasligini aytishdi. Xo‘sh, aslida bunga zamon talabi qanday ?
Har yili minglab bitiruvchilar ish bozoriga kirib keladi. Biroq, ish o‘rinlari esa
cheklangan. Natijada ish beruvchi eng tez moslashadigan va kam xatoga yo‘l
qo‘yadigan nomzodni tanlaydi. Bular albatta oliy ta’limda shu sohani ham nazariy ham
amaliy o‘rgangan tayyor kadrlardir. Ularga bevosita soha doirasidagi terminlar bilan
murojaat qilish mumkin. Ish joyida yangi dasturlar, yangi tizimlar bilan ishlashga
to‘g‘ri kelganda, tayyor kadrlar uchun tezroq ko‘nikma hosil bo‘ladi. Shuningdek,
bilim olib, yetarlicha amaliyot o‘tagan talabalar yangi ish joyi uchun investitsiya
kiritib, yuqori lavozimli mutaxasis ham bo’lishi tabiiy.