SOG‘LOM TURMUSH TARZINI KENG TATBIQ ETISH VA OMMAVIY SPORTNI YANADA RIVOJLANTIRISH
Abstract
Kirish.Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda
sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir
fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli
odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va
reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali
tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida:
1. Quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy
sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda
jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;
ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va
hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘
miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol
qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini
iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari
(semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu
jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha
ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas
qismi sifatida targ‘ib qilish;
maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim
muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini
shakllantirish.
References
Foydalangan adabiyotlar
1.“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 30.10.2020 yildagi PF -6099 son.
2. Abdullaev A., Xonkeldiev Sh. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Toshkent., O’zbekiston Davlat jismoniy madaniyat instituti, 2005 yil - 300 b.
3. Livitsskiy A.N Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi Toshkent: 1995 yil - 500 b.
4. T. Usmonhujaev "Jismoniy tarbiyadan Davlat ta`lim standart dasturi".
5. Hripkova. "Salomatlik gigienasi". "Sport fiziologiyasi".