KATTA YOSHLARDA QIZAMIQDAN KEYIN RIVOJLANUVCHI PNEVMONIYANING KLINIK-LABORATOR TAVSIFI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qizamiq, pnevmoniya, katta yoshli bemorlar, klinik belgilar, laborator ko‘rsatkichlar, immunosupressiya, nafas yetishmovchiligi, yallig‘lanish.Abstract
Annotatsiya
Qizamiq dunyo miqyosida dolzarbligicha qolayotgan yuqori kontagioz virusli
kasalliklardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda qizamiq bilan kasallanish holatlarining
ortishi natijasida uning asoratlari, xususan pnevmoniyaning uchrash chastotasi ham
ortib bormoqda. Katta yoshli bemorlarda qizamiqdan keyingi pnevmoniya kasallikning
eng og‘ir va hayot uchun xavfli asoratlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada katta
yoshli bemorlarda qizamiqdan keyin rivojlanuvchi pnevmoniyaning klinik belgilari,
laborator ko‘rsatkichlari, patogenetik xususiyatlari va diagnostik mezonlari tahlil
qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qizamiqdan keyingi pnevmoniya yuqori isitma,
nafas yetishmovchiligi, intoksikatsiya sindromi hamda qon tahlillaridagi yallig‘lanish
belgilarining yaqqol namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Kasallikni erta aniqlash va
o‘z vaqtida davolash og‘ir asoratlar hamda letallik darajasini kamaytirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. World Health Organization. Measles Fact Sheet. Geneva, 2024.
2. Moss W.J. Measles. Lancet. 2017;390(10111):2490–2502.
3. Griffin D.E. Measles Virus-Induced Immunosuppression. Viruses.
2016;8(10):282.
4. Bennett J.E., Dolin R., Blaser M.J. Principles and Practice of Infectious