QO‘SHCHINORSOY QOYATOSH RASMLARI

Authors

  • Oynazarov Xoliyor G‘oyibnazarovich Author
  • Abdurashidov Davronbek Abdurashidovich Author
  • Xurramov Feruz Davlat o‘g‘li Author

Abstract

 
O‘zbekiston  hududida  ilk  san’at,  yozuv  va  ma’naviy  madaniyatning  paydo 
bo‘lishi hamda rivojlanishi haqida ma’lumot beruvchi manbaalardan biri bu qoyatosh 
rasmlaridir. Qoyatosh rasmlarini o‘rganish orqali nafaqat qadimgi ajdodlarimizning 
estetik,  balki  diniy  dunyoqarashi,  xo‘jalik  mashg‘uloti  va  kundalik  turmush-tarzi 
haqida ham xulosalar chiqarish mumkin.  Bugungacha Markaziy Osiyo mintaqasida 
1300 dan ortiq qoyatosh suratlari manzili aniqlangan va hisobga olingan. Ulardan 250 
ga  yaqini  O‘zbekiston  hududida  joylashgan.  Respublikamizda  bu  kabi  qoyatosh 
yodgorliklari ko‘plab uchraydi.  
Bu  madaniy  yodgorliklar  tosh,  jez,  temir,  po‘lat,  yoki  boshqa  hildagi  qattiq 
buyumlar yordamida o‘yish, urib-cho‘kichlash, chizish va ishqalash vositasi natijasida 
ishlangan  rasmlardir.  Bunday  uslubda  ishlangan  rasmlar  fanda  petrogliflar  ya’ni 
toshlarga ishlangan rasmlar deb ataladi. (A. Xolmatov 2016) Petrogliflar (yunoncha 
“petro”- tosh, “glyphe” – o‘yish) ya’ni toshga o‘yma naqsh solish deb yuritiladi (M. 
Xo‘janazarov 2018). Petrogliflar respublikamiz hududida joylashgan deyarli barcha 
tog‘larda  uchraydi. Bunday tizmalarga Qorjontog‘, Chotqol, Hisor, Pskom, Ugom, 
Qotrontog‘,  Morguzar,  Nurota,  Oqtog‘,  Qoratog‘,  Ko‘hitangtog‘,  Zirabuloq, 
Bukantog‘ va boshqa shu kabi tog‘ tizmalarini kiritish mumkin. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Kabirov A. Sarmishsoyning qoyatoshlaridagi rasmlar. Toshkent, 1976. 33b.

2. Oynazarov X.G‘. Gadoytopmassoy petrogliflari // “O‘tmishga nazar” jurnali.

15-son, 2019 yil. 98-105 b.

3. Xujanazarov M. Naskalnыe izobrajeniya Xodjakenta i Karakiyasaya.

Samarkand, 1995. 13-14b

4. Xolmatov A.N. Noqisoy yangi qoyatosh rasmlari // O‘zbekiston arxeologiyasi,

№1. Samarqand, 2010. 166-169 bb.

5. Xolmatov A.N., Xo‘janazarov M. Quduqchasoy qoyatosh rasmlari //

O‘zbekiston arxeologiyasi, № 2(9). Samarqand, 2014.103-104b

6. Shaskiy G. B. Risunki na kamne. Tashkent,1973. str. 69.

7. Rogojinskiy A. Ye. Petroglifы arxeologicheskogo landshafta Tamgalы

Almatы, 2011 s.193-195 ris. 155,157.

Published

2026-07-03

How to Cite

Oynazarov Xoliyor G‘oyibnazarovich, Abdurashidov Davronbek Abdurashidovich, & Xurramov Feruz Davlat o‘g‘li. (2026). QO‘SHCHINORSOY QOYATOSH RASMLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 72(1), 206-210. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/35626