TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH ("DAVRBANK" XATB MISOLIDA)

Authors

  • Rizayeva Nasiba Unarkul Qizi Author

Abstract

O'zbekiston  bank  tizimida  so'nggi  yillarda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 
islohotlar tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida 
takomillashtirishni ustuvor vazifalardan biriga aylantirdi. Xususan, 2020–2025 yillarda 
bank  tizimini  transformatsiya  qilish,  davlat  ulushi  mavjud  banklarni  isloh  qilish, 
korporativ  boshqaruvning  shaffofligini  oshirish,  kuzatuv  kengashlari  faoliyatini 
kuchaytirish hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishga qaratilgan 
chora-tadbirlar  banklar  faoliyatining  samaradorligini  sezilarli  darajada  oshirdi. 
Korporativ boshqaruvning zamonaviy modeli bankning strategik rivojlanishi, risklarni 
boshqarish,  aksiyadorlar  manfaatlarini  himoya  qilish  va  investitsion  jozibadorligini 
oshirishning muhim omili hisoblanadi. 2020–2025 yillarda O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan bank tizimida prudensial nazoratni kuchaytirish, korporativ 
boshqaruvni  takomillashtirish  va  xalqaro  bank  amaliyotiga  mos  boshqaruv 
mexanizmlarini  joriy  etishga  alohida  e'tibor  qaratildi.  Natijada  bank  sektorining 
moliyaviy ko'rsatkichlarida ijobiy o'sish kuzatildi. Markaziy bankning 2025 yilda e'lon 
qilingan 2024 yil yakunlari bo'yicha yillik hisobotiga ko'ra, bank tizimida pul bozori 
operatsiyalari hajmi 507 trln so'mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 31 % ga oshgan. 
REPO  operatsiyalari  ulushi  esa  jami  pul bozori operatsiyalarining  54  % ini tashkil 
etgan.  Mazkur  ko'rsatkichlar  banklarda  likvidlikni  boshqarish,  ichki  nazorat  va 
korporativ qarorlar qabul qilish tizimining samaradorligi oshganini ko'rsatadi. 2024 yil 
yakunida bank tizimida xorijiy valyutaga bo'lgan jami talab 48,1 mlrd AQSh dollarini 
tashkil etgan bo'lib, uning 80,6 % i yuridik shaxslar, 19,4 % i esa jismoniy shaxslar 
hissasiga  to'g'ri  kelgan.  Bu  holat  tijorat  banklari  faoliyatida  valyuta  risklarini 
boshqarish,  aktiv  va  passivlarni  muvofiqlashtirish  hamda  kuzatuv  kengashlari 
tomonidan risk siyosatini samarali tashkil etish muhimligini yanada oshiradi. Shu bilan 
birga,  Markaziy  bankning  xalqaro  rezervlari  2024  yil  yakunida  41,2  mlrd  AQSh 
dollariga yetgan bo'lib, bunga oltin narxining yil davomida 27 % ga oshgani sezilarli 
ta'sir ko'rsatgan. Ushbu natijalar mamlakat bank tizimining moliyaviy barqarorligini 
ta'minlashda korporativ boshqaruv tamoyillarining amaliy ahamiyatini tasdiqlaydi. 

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan

O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son Farmoni

// Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2020. – 12-may.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy bankining 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti. – Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2025. – 145 b.

3. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD).

G20/OECD Principles of Corporate Governance. – Paris: OECD Publishing, 2023. –

84 p.

4. "Davrbank" Xususiy aksiyadorlik tijorat banki. "Davrbank" XATB

aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi materiallari va yillik moliyaviy

hisobotlari (2024–2025-yillar). – Toshkent: "Davrbank" XATB, 2025.

5. Suyunov D. X., Xamdamov Sh. A. Tijorat banklarida korporativ

boshqaruv tizimini transformatsiya qilish va ESG tamoyillarini joriy etish masalalari //

Moliya va bank ishi elektron ilmiy jurnali. – 2024. – № 3. – B. 45–52.

Published

2026-07-04

How to Cite

Rizayeva Nasiba Unarkul Qizi. (2026). TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH ("DAVRBANK" XATB MISOLIDA) . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 72(1), 280-284. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/35649