JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I BO‘YICHA SOLIQ YENGILLIKLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA IJTIMOIY RIVOJLANISHGA TA’SIRINI O‘RGANISH
Abstract
Hozirgi kunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i davlat budjeti
daromadlarini shakllantirishda muhim fiskal vositalardan biri hisoblanadi. Mazkur
soliq turi davlatning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bilan bir qatorda, aholining
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, daromadlar tengligini saqlash hamda iqtisodiy
faollikni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, soliq yengilliklari
tizimi aholining real daromadlarini qo‘llab-quvvatlashda va turmush darajasini
yaxshilashda samarali instrument sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonda 2019-
yildan boshlab jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha yagona 12 foizlik
stavkaning joriy etilishi soliq tizimini soddalashtirishga xizmat qildi. Ushbu islohot
natijasida soliq bazasi kengaydi va rasmiy bandlik darajasi sezilarli oshdi. 2020-yilda
jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha budjet tushumlari 15 trillion so‘mni tashkil
etgan bo‘lsa, 2021-yilda 18 trillion so‘mga, 2022-yilda 24 trillion so‘mga, 2023-yilda
30 trillion so‘mga, 2024-yilda 42,4 trillion so‘mga yetdi. 2025-yilning birinchi yarmi
yakunlariga ko‘ra esa ushbu ko‘rsatkich 24,8 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning
mos davriga nisbatan 19,6 foizga oshgan.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. – Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – Lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020–2025-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
– Toshkent, 2025. – 256 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Davlat
budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlar va parametrlar (2020–2025-yillar). –
Toshkent, 2025. – mof.uz.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimida jismoniy
shaxslarning omonatlari va aholi daromadlari tahliliy axborotnomasi. – Toshkent,
2025.
5. Joseph E. Stiglitz, Mark Pieth. Overcoming the Shadow Economy: Taxing
and Regulating Legitimate and Illicit Flows // Journal of Financial Compliance. – 2021.
– Vol. 5. – No. 2. – P. 112–124.
6. A. V. Vahobov, A. S. Jo‘rayev. Soliqlar va soliqqa tortish: darslik. –
Toshkent: Sharq, 2020. – 448 b.