SAYLOV MADANIYATI-INSON MA’NAVIYATINING AJRALMAS QISMI
Abstract
Har bir demokratk jamiyatning taraqqiyoti fuqarolarning siyosiy faolligi,
huquqiy ongi va yuksak ma’naviyatiga bog’liq. Saylov jarayoni esa ana shu
fazilatlarning aaliy ifodasidir. Saylov madaniyati nafaqat ovoz berish jarayonida
ishtirok etish, balki fuqarolarning o‘z huquq va burchlarini chuqur anglab, mamlakat
taqdiri uchun mas’uliyat bilan qaror qabul qilishini ham anglatadi. Shu bois saylov
madaniyati inson ma’naviyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Saylov madaniyati deganda fuqarolarning saylov qonunchiligiga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishi, nomzodlar faoliyatini xolis baholashi, ovoz berish huquqidan
ongli va mas’uliyat bilan foydalanishi tushuniladi. Yuksak saylov madaniyatiga ega
bo‘lgan jamiyatda fuqarolar davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etadi,
mamlakat taraqqiyotiga befarq bo‘lmaydi.
Ma’naviyat esa insonning axloqiy fazilatlari, dunyoqarashi, vatanparvarligi,
adolatparvarligi va fuqarolik ma’uliyatini o‘zida mujassam etadi. Ma’naviy barkamol
inson har qanday masalagaongli yondashadi, shaxsiy manfaat bilan bir qatorda jamiyat
manfaatini ham ustuvor deb biladi. Aynan ana shunday fazilatlar saylov jarayonida
ham namoyon bo‘ladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O‘zbekiston. 2023.
2. Sh. Mirziyoyev. “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” (4-jild). T.
“O‘zbekiston”, 2020.
3. Sh. Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. T. “O‘zbekiston”,
2023.
4. “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida” . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni.