AVTOGREYDERLARNING TURLI EKSPLUATATSIYA SHAROITLARIDA YOQILG’I SARFINI ANIQLASH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar:Avtogreyder, yoqilg‘i sarfi, ekspluatatsiya sharoitlari, dvigatel yuklamasi, yo‘l-qurilish texnikasi, grunt turi, relyef sharoiti, energiya samaradorligi, yoqilg‘i iste’molini aniqlash, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, monitoring, optimallashtirish.Abstract
Annotatsiya:Mazkur maqolada avtogreyderlarning turli ekspluatatsiya
sharoitlarida yoqilg‘i sarfini aniqlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida
yoqilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — mashinaning texnik holati,
bajarilayotgan ish turi, dvigatel yuklamasi, grunt xususiyatlari hamda relyef
sharoitlari kompleks ravishda ko‘rib chiqildi. Yoqilg‘i sarfini baholashning amaliy va
nazariy metodlari o‘rganilib, ularning qo‘llash samaradorligi taqqoslandi. Bevosita
o‘lchash usuli hamda dvigatel quvvatiga asoslangan hisoblash metodlaridan
foydalanish yoqilg‘i iste’molini aniqroq aniqlash imkonini berishi asoslab berildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, og‘ir va notekis ekspluatatsiya sharoitlarida
avtogreyderlarning yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada ortadi, bu esa texnikadan
foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Shu munosabat bilan yoqilg‘i
sarfini optimallashtirishga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqish yo‘l-qurilish
ishlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Balovnev V. I. Evaluation of the efficiency of road and utility vehicles
according to technical and operational indicators. 2002.
2. Alimova Z. transportd kullanadigan ekspluatatsiya materiallari. Toshkent,
Istiqlol, 2011 yil.
3. Askarxodjayev T. I., Shukurov R.O’., Maqsudov Z. T. va boshqalar. Yo‘l
qurilish mashinalaridan foydalanidsh. Toshkent. Noshr, 2011.
4. “Yonilg‘i tejamkorligi va energiya samaradorligi”. – Sultonov Z.J. Buxoro:
BDU, 2022.
5. Sarmonov A., Abdukarimova Sh., Oripov Z., “Avtogreyder yoqilg’i sarfini
va xarajatlarini kamaytirishning turli usullari” Development of science
Buxoro Aprel 2025/ 4 Volume 1.
6. Sarmonov A., Abdukarimova Sh., Namangan davlat texnika unversiteti
Qurilish va ta’lim ilmiy jurnali “Avtogreyderlarning yoqilg‘i sarfi ortishiga
ta’sir etuvchi omillar” ISSN 2181-3779 Namangan sh. 2025 y.
7. Sarmonov, A., Rustamov, K; Implementing energy-saving technologies in
hot asphalt production: a comprehensive review. E3S Web of Conferences,
2024, 538, 01029. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453801029.
8. Khankelov, T.K., Sarmonov, A.Kh., Kadirov, A.G; The analytical
dependence of the resistance force to digging with a bulldozer blade on the
main influencing factors. E3S Web of Conferences. 2023, 458, 10001.