MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: interaktiv metodlar, matematika ta’limi, samaradorlik, o‘quvchi faolligi, tafakkur, innovatsion yondashuv, ta’lim texnologiyalari.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada matematika darslarida interaktiv metodlardan
foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Hozirgi ta’lim jarayonida an’anaviy
yondashuvdan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
samaradorlikni oshiradi. Interaktiv metodlar o‘quvchilarni faollashtirish, mustaqil
fikrlashga undash, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va bilimlarni amaliyot bilan
bog‘lash imkonini beradi. Ayniqsa, “Aqliy hujum”, “Blits-so‘rov”, “Klaster”, “Insert”,
“Bahs-munozara” kabi usullar matematika fanini o‘zlashtirish jarayonida yuqori
natijalar beradi. Bu metodlar o‘quvchilarda analitik tafakkurni shakllantiradi, ularni
ijodkorlikka, masalalarni turli nuqtai nazardan yechishga o‘rgatadi. O‘qituvchi uchun
interaktiv yondashuv darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam beradi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda ham interaktiv
metodlar qulaylik yaratadi. Tadqiqotda matematika darslarida interaktiv metodlardan
foydalanishning o‘quv jarayonidagi afzalliklari, amaliy jihatlari va samaradorlik
ko‘rsatkichlari ilmiy asosda yoritib beriladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4319-son qarori. “Matematika
fanini o‘qitishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2019.
2. To‘raxo‘jaeva Sh. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: “Fan va
texnologiya”, 2012.
3. Ziyomuhammedov B. X., O‘g‘ayev T. Ta’lim jarayonida interfaol
metodlardan foydalanish. – Toshkent: TDPU, 2015.
4. Mavlonova R., To‘raxo‘jayeva Sh. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2010.