TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi tashqi va ichki bozorlarda
raqobatni tobora kuchaytirib borayotgan hozirgi davrda, fan-texnika taraqqiyotinig eng
so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda sifatli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni
tashkil qilish shu bugungi kun talabiga javob bera oladi. Yuk va yo‘lovchilarni tashish
borasida temir yo‘l transporti boshqa transport tizimlariga qaraganda iqtisodiy
jihatdan samarali hisoblanadi. Uning afzalliklari shundan iboratki, ob-havoning
qanday bo‘lishidan qat’iy nazar yuk tashish muntazam amalga oshiriladi. Boshqa
transport bilan taqqoslanganda temir yo‘l transporti yuk ko‘tarish qobiliyatining
balandligi va narxning nisbatan arzonligi bilan ajralib turadi. Bu sohani innovatsion
rivojlantirish esa, mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga bevosita ijobiy ta’sirini
ko‘rsatadi. Innovatsiyalarni sohaga jalb etish orqali mahalliy va xorijiy iste’molchilar
talabini qondirish mumkkin. Bu esa o‘z navbatida innovatsiya, innovatsion faoliyat va
jarayonning mohiyatini sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
atroflicha o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:/REFERENCES:
1. Shumpeter Y.A. Teoriya эkonomicheskogo razvitiya. M.: Progress, 1983.S.
2. 278-285.
3. Shakirova, S. N. A. S. (2022). THE IMPORTANCE OF MOTOR VEHICLES
AND ROADS IN THE DEVELOPMENT OF THE ECONOMIC
SECTOR. Confrencea, 6(6), 213-215.
4. Shadiyeva, G. (2022). The Role of Family Business in the Development of the
Service Industry. American Journal of Economics and Business Management, 5(9),
213-218.