RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING KORXONA FAOLIYATIGA TA’SIRI
Abstract
Bugungi raqamli transformatsiya davrida yirik transport-logistika
korxonalarining samarali faoliyat yuritishi, raqobatbardoshligini ta’minlash va
iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda raqamli texnologiyalar hal qiluvchi omilga
aylanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tizimida strategik o‘rin
tutuvchi “Toshkent” Mintaqaviy Temir Yo‘l Uzeli (MTU) faoliyatida raqamlashtirish
jarayonlari zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sifati uchun muhim poydevor
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Korxona tomonidan yuk va yo‘lovchi tashish, texnik xizmat ko‘rsatish,
infratuzilmani ekspluatatsiya qilish kabi asosiy yo‘nalishlarda raqamli yechimlar
tobora faol qo‘llanilmoqda. Jumladan, lokomotiv va vagonlar harakatining GPS va IoT
asosida onlayn monitoringi, ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarni
avtomatlashtirish, ma’lumotlar almashinuvini tezlashtirish va kadrlar faoliyatini
nazorat qilish imkoniyatlari yaratilgan. Bu esa “Toshkent” MTUning umumiy
samaradorligiga, xizmatlar sifatiga va operatsion xavfsizligiga sezilarli ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Mazkur bo‘limda “Toshkent” MTU faoliyatida qo‘llanilayotgan raqamli
texnologiyalarning iqtisodiy, texnik va tashkiliy jihatdan qanday ta’sir ko‘rsatayotgani
chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mavjud muammolar tahlili asosida ularni
bartaraf etish va tizimli raqamlashtirishni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqiladi. Bu esa korxona faoliyatini yanada samarali, shaffof va innovatsion
yo‘nalishga yo‘naltirishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalar bugungi kunda transport infratuzilmasini modernizatsiya
qilish va korxonalar samaradorligini oshirishda asosiy vositaga aylangan. Ayniqsa,
yirik strategik ob’yektlar sirasiga kiruvchi “Toshkent” Mintaqaviy Temir Yo‘l Uzeli
(MTU) uchun bu jarayon bevosita iqtisodiy natijadorlik, xizmat sifati va boshqaruv
madaniyati bilan bog‘liqdir.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:/REFERENCES:
1. О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining Farmоni, 11.09.2023 yildagi PF-158-
sоn, «О‘zbekistоn — 2030» strategiyasi tо‘gʻrisida
2. Rakhmanov, A. N. (2014). Asosiy yo‘l qurilish texnikalari. Toshkent: O‘zbekiston
davlat nashriyoti.
3. Yo‘l qurilishi jarayonidagi texnik yondashuvlar, yangi innovatsiyalar va qurilish
usullarini ko‘rib chiqadi.
4. Samiyev, B. (2017). Yo‘l qurish va infratuzilma. Toshkent: Innovatsion
texnologiyalar nashriyoti.