DIOFANT TENGLAMALARI VA ULARNI TA’LIM JARAYONIDA QO’LLASH. TURLI INTERFAOL METODLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: tenglama, chiziqli diofant tenglama,sistema, “Kutuvlar daraxti”, “Davrlar stuli”,”Decoder” ,”Ortiqchasini top”, “Klaster”, “Insert”, “Fikrlar banki”, “Muammoli vaziyat” metodlari.Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada diofant tenglamalarining nazariy asoslari, ularning turlari va
tarixiy rivoji yoritildi. Shuningdek, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’limda
mazkur tenglamalarni o‘qitishning samarali metodlari, innovatsion yondashuvlar va
real hayotiy masalalar bilan integratsiya qilish usullari taklif qilindi. Maqola yangi
metodik g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘lib, darsda qo‘llash uchun amaliy algoritmlar ham
keltirilgan.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini faollashtirish,
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim o‘rin
tutadi. Buning uchun darslarda an’anaviy yondashuvlardan tashqari turli interfaol
metodlar, innovatsion texnologiyalar va ijodiy topshiriqlardan foydalanish samarali
natija beradi.
Avvalo, o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qilish uchun “Aqliy hujum”,
“Kutuvlar daraxti”, “Davrlar stuli”,”Decoder” ,”Ortiqchasini top”, “Klaster”, “Insert”,
“Fikrlar banki”, “Muammoli vaziyat” kabi metodlar qo‘llaniladi. Ushbu metodlar
orqali o‘quvchilar mavzuni mustaqil o‘rganish, fikr almashish, muammoni tahlil qilish
va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishga o‘rganadi. Shuningdek, ijodiy fikrlashni
rivojlantirishda rol o‘ynash, loyihalash (project-based learning), debat, keys-stadi,
STEAM topshiriqlar kabi yondashuvlar samarali hisoblanadi. Bu usullar o‘quvchilarga
bilimni amaliyotda qo‘llash, mustaqil qaror qabul qilish, mantiqiy tahlil va kreativ
yondashuvni rivojlantirish imkonini beradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To‘laganov S. Sonlar nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
2. Ergashev A., Jumaniyozov M. Algebra va sonlar nazariyasi. – Toshkent: Oliy
ta’lim, 2002.
3. Hojimatov A. Algebra kursi: Sonlar nazariyasi elementlari bilan. – Toshkent: Fan,
1987.
4. Matyazov F. Oliy algebra. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.
5. G‘ulomov U. Matematik analiz va algebra asoslari. – Toshkent: Universitet, 2001.
6. Jumayev J. Matematika: Algebra va sonlar nazariyasi masalalari. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1998.
7. Raxmatov M. Matematikadan maxsus kurslar: Sonlar nazariyasiga kirish. – Qarshi:
QDU nashriyoti, 2010.
8. Sodiqov A., Tursunov B. Algebra va sonlar nazariyasi masalalaridan praktikum. –
Toshkent: TDPU nashriyoti, 2014.
9. Mamatqulov R. Matematikadan masalalar to‘plami (Algebra va sonlar nazariyasi).
– Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.
10. Mamarasulov U. Algebraik tenglamalar va ularning tatbiqlari. – Tashkent: Oliy
ta’lim, 2015.
11. O’qigan ta’limiy metodlar kurslarim, ustozlarimdan o’rganganlarim asosida
tuzilgan metodlarim.