TUTASHTIRUVCHI INSHOATLARNING GIDRAVLIK HISOBI.
Abstract
Tutashtiruvchi inshoatlar – bu ikki suv obyektini ( masalan , suv ombori va
kanal, yoki kanalning ikki qismiga suv o'tkazishni ) bog'lovchi gidrotexnik qurilmadir.
Tutashtiruvchi inshootlar kanal trassasining keskin tushish uchastkalarida barpo
etiladi. Shuningdek, ular derivatsion GESlarning turbinalari to‘xtatilganda bosimli
basseyndan suvni tashlab yuborish hamda kanalni suvdan bo‘shatish uchun ham
qo‘llaniladi. Tutashtiruvchi inshootlar, mahalliy materiallardan qurilgan
to‘g‘onlarning suv tashlovchi traktining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ular suv
transporti tizimlarida, baliqchilik xo‘jaliklarida hamda jarliklarni yemirilishdan
himoya qilishda keng qo‘llaniladi.
Tutashtiruvchi inshootlarning gidravlik hisobi - ularning konstruksiyasini to‘g‘ri
tanlash, suv oqimini xavfsiz va samarali o‘tkazish, hamda inshootning uzoq muddatli
va ishonchli ishlashini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Hisoblash jarayonida suv
oqimining tezligi, sarfi, bosim yo‘qotilishi va inshoot elementlarining o‘lchamlari
aniqlanadi. Gidravlik hisobning asosiy maqsadi — inshoot orqali o‘tadigan hisobiy suv
sarfini (Q), oqim tezligini (v) va energiya yo‘qotilishini aniqlab, suv oqimini xavfsiz
sharoitda o‘tkazishdir. Shuningdek, inshoot elementlarining optimal o‘lchamlari
tanlanadi va quyidagi shartlar bajarilishi kerak.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qayumov A.B. “Suv xo‘jaligi tizimlarida tutashtiruvchi ishlab chiqarishni
rejalashtirish”.
2. Nazarov A.T., Hakimov I. ''Gidroenergetika''. c
3. Rahimov Sh.X., Toʻraev M.Sh. ''Hydralic engineering inshotlari va tahriri
loyighalash asoslari''.
4. Qayumov A.B. ''Suv resurslarini boshkarish va g''.
5. Mirzaev U. ''Gidraenergetika''.
6. SNiP 2.06.01-86 "Gidrotexnika inshootlari. Asosiy dizayn tamoyillari ".