KOLONIYA VA TURMALARDA JAZONI O’TASH BRITANIYA MISOLIDA
Keywords:
Kalit so’zlar: Jazo, turma, koloniya, qamoqxona, evolyutsiya, reabilitatsiya, penal koloniyalar.Abstract
Annotasiya: Ushbu maqola Britaniyada jazolarni o‘tash tizimining tarixiy va
zamonaviy jihatlarini tahlil qiladi. Tarixiy davrda mahbuslar mahalliy qamoqxonalarda
saqlangan yoki uzoq hududlardagi koloniyalarga yuborilgan bo‘lsa, zamonaviy
Britaniyada jazo tizimi asosan ichki qamoq muassasalari va jamoat asosidagi jazolar
orqali amalga oshiriladi. Maqolada mahbuslarning xulqiga asoslangan ozodlik, shartli
ozodlik va reabilitatsiya dasturlari kabi tamoyillar, shuningdek, chet ellik
jinoyatchilarni deportatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan
birga, maqola Britaniya jazo siyosatidagi islohotlar va jamiyat xavfsizligini
ta’minlashdagi yondashuvlarni ham yoritadi. Mazkur tahlil jazo institutining
evolyutsiyasi va zamonaviy reabilitatsiya tizimining ahamiyatini ko‘rsatadi.