RAQAMLI INKLYUZIV TA’LIMDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN O‘QITISH MODELLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli inklyuziv ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, inklyuziv pedagogika, raqamli pedagogika, adaptiv ta’lim texnologiyalari, individual ta’lim trayektoriyasi, aralash ta’lim modeli, masofaviy ta’lim, ta’limni individuallashtirish, raqamli ta’lim platformalari, maxsus ta’lim ehtiyojlari, pedagogik innovatsiyalar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida inklyuziv yondashuvni amalga oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish modellari muhim pedagogik yechim sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlariga moslashtirishdagi didaktik ahamiyati yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning adaptiv, individual ta’lim trayektoriyasi va aralash ta’lim modellari inklyuziv ta’lim sharoitida qo‘llash nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tezisda raqamli platformalar yordamida maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay, teng va samarali ta’lim muhiti yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’lim amaliyotini takomillashtirish hamda pedagoglarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
1. UNESCO. Inclusive Education and Digital Learning. – Paris, 2018.
2. Bates T. Teaching in a Digital Age. – Vancouver: BCcampus, 2019.
3. Muslimov N.A. Innovatsion pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
4. Abduqodirov A.A. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2020.
5. Kerres M. Digital Learning Environments. – Berlin, 2018.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. – Toshkent, 2020.