BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA IMLO SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA GEYMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB OCHIQ DARSLAR TASHKIL ETISH
Abstract
Annotatsiya: Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni faol ishtirokchiga aylantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun dars jarayonini qiziqarli, tushunarli va samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda zamonaviy texnologiyalardan biri bo‘lgan geymifikatsiya usuli keng qo‘llanilmoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tabiatan o‘yinga qiziqadigan bo‘ladi. Shuning uchun o‘yin orqali o‘qitish: o‘quvchilarning diqqatini jalb qilishga yordam beradi, mustaqil fikrlashni rivojlantiradi, jamoada ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi, darsga bo‘lgan ijobiy munosabatni kuchaytiradi.
Geymifikatsiya usulidan foydalanib darsni tashkil etish
Gamifikatsiya darsi quyidagi bosqichlar asosida tashkil etilishi mumkin.
- Dars maqsadini belgilash.
O‘qituvchi darsning mavzusi va maqsadini aniq belgilaydi hamda uni o‘yin shakliga moslashtiradi.
- O‘yin ssenariysini tuzish.
Dars kvest, musobaqa yoki sayohat ko‘rinishida tashkil etiladi. Masalan: "Bilimlar mamlakatiga sayohat"
- O‘yin elementlarini qo‘llash.
Ballar, darajalar, stikerlar, smayliklar, rag‘batlantiruvchi so‘zlar va mukofotlar
- Jamoaviy va individual topshiriqlar.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib yoki yakka tartibda topshiriqlarni bajaradilar.
Ona tili fanidan gamifikasion o‘yinlarga misollar:
References
1.Boshlang‘ich ta’lim metodikasi Toshkent. O‘qituvchi 2018
2. Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar Toshkent. O‘qituvchi 2017-yil
3. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. Ta’lim 2019