OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA XARAJATLAR HISOBINI TASHKIL ETISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Abstract
Oliy ta’lim tashkilotlarida xarajatlar hisobini to‘g‘ri va samarali tashkil etish ta’lim sifati, moliyaviy barqarorlik hamda resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv sharoitida ko‘plab mamlakatlar oliy ta’lim tizimida moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish, xarajatlar hisobini xalqaro standartlar asosida yuritish hamda shaffoflikni oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu jihatdan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni milliy amaliyot bilan solishtirish dolzarb masala hisoblanadi.
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham so‘nggi yillarda moliyaviy hisobot va xarajatlar hisobini modernizatsiya qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini takomillashtirish yo‘nalishida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq rivojlangan davlatlar tajribasi bilan taqqoslaganda, ayrim jihatlarda takomillashtirish zarurati saqlanib qolmoqda.