TIBBIYOT TA’LIMIDA “TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘QITISHNING METODIK TA’MINOTI
Keywords:
Kalit so‘zlar: tibbiy informatika; raqamli sog‘liq; metodik ta’minot; kompetensiyaviy yondashuv; konstruktivizm; simulyatsion ta’lim; raqamli izlar; o‘quv analitikasi; EHR/EMR; refleksiya.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanini raqamli sharoitda o‘qitishning metodik ta’minoti ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Fan konseptual modelini real o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan didaktik tamoyillar tizimi asoslanadi hamda fan kontekstiga mos talablar shakllantiriladi. Metodik ta’minotning tayanch yo‘nalishlari sifatida tizimlilik, integrativlik, simulyatsiyaga asoslanganlik, refleksivlik va datafikatsiya tamoyillari ajratib ko‘rsatiladi. Ushbu tamoyillar “nazariya–amaliyot–simulyatsiya/keys–refleksiya” sikli asosida o‘quv jarayonini loyihalash, raqamli klinik muhit (EHR/EMR, PACS, CDSS, telemeditsina platformalari), raqamli simulyatorlar hamda o‘quv analitikasi vositalari orqali kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, raqamli izlar asosida formatif diagnostika, shaxsiylashtirilgan o‘quv trayektoriyalarini loyihalash va kompetensiya pasportini yuritish imkoniyatlari ochib beriladi. Taklif etilgan metodik yondashuv bo‘lajak shifokorlarning raqamli klinik muhitda samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan raqamli sog‘liq kompetensiyalarini tizimli va uzluksiz rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
References
1. Xoliqova, D. R. (2023). Tibbiyot oliy ta’limida mediakompetentligini rivojlantirish metodikasi (PhD dissertatsiyasi avtoreferati). Toshkent.
2. World Health Organization. (2021). Global strategy on digital health 2020–2025. Geneva: WHO.
3. International Medical Informatics Association. (2010). Recommendations on education in biomedical and health informatics. Methods of Information in Medicine, 49(2), 105–120.
4. Hersh, W. (2020). Health informatics: Practical guide for healthcare and information technology professionals (7th ed.). Boca Raton, FL: CRC Press.
5. Shortliffe, E. H., & Cimino, J. J. (2014). Biomedical informatics: Computer applications in health care and biomedicine (4th ed.). New York, NY: Springer.
6. Yuldashova, Sh. T., & Kurbanova, G. N. (2023). The need for integrative and creative opportunities in medical students. Xalqaro ilmiy jurnal.
7. Xoliqova, O. Yu., va boshq. (2022). Tibbiyotga oid mavzularni yoritishda axborot texnologiyalardan samarali foydalanish (monografiya). Toshkent.
8. Shukurov, L. E. (2025). Modern digital solutions in medical training: Experience, challenges, and trends. EduVision: Journal of Innovations in Pedagogy and Educational Advancements, 1(8), 184–190.
9. Shukurov, L. E. (2024). Advantages and applications of the Blender software in medical education: Analysis of the creation of three-dimensional models, animations, and visualizations. International Journal of European Research Output, 4(39), 39–43.
10. Shukurov, L. E., Nabiyeva, S. S., & Bakhramov, S. (n.d.). Types of medical information. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 44–47.
11. Rustamov, A., Shukurov, L., Namozov, D., & Yuldoshev, F. (2021). Directions of medical system. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 214–217.
12. Shukurov, L. E. (2024). Tibbiyotda axborot texnologiyalari kursini o‘qitish jarayonida chatbot texnologiyasidan foydalanish. Ta’lim, fan va innovatsiya (Toshkent), 1(128), 128–130.
13. Shukurov, L. E. (2024). Применение информационных технологий в медицинском образовании: обзор и анализ. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендири (Nukus), 3(189), 189–192.
14. Shukurov, L. E. (2025). Tibbiyot ta’limida “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar, 8-son, 646–653.
15. Shukurov, L. E. (2024). Bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda raqamli simulyatorlardan foydalanishning metodik asoslari va samaradorligi. Kasb-hunar ta’limi (ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal), 12-son, 154–158.