TURKISTON ASSRDA PILLACHILIK SANOATINING MARKAZLASHTIRISH SIYOSATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Turkiston ASSR, pillachilik, markazlashtirish siyosati, sovet davri, davlat boshqaruvi, sanoat, ishlab chiqarish, xomashyo, iqtisodiy siyosat, mehnat resurslari.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkiston ASSR davrida pillachilik sanoatining markazlashtirish siyosati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida pillachilik tarmog‘ini davlat nazoratiga olish, ishlab chiqarishni markazlashtirish va boshqaruv tizimini yagona tizim asosida tashkil etish jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, markazlashtirish siyosatining pillachilik ishlab chiqarish hajmiga, xomashyo yetishtirishga hamda mahalliy aholi mehnat faoliyatiga ta’siri yoritiladi. Maqolada mazkur siyosatning ijobiy va salbiy jihatlari, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
References
1. 1921 yilda «Sentroshelk» Bosh paxta qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi, 1923 yilda esa u qaytadan Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi (SSNX) qaramog‘iga qaytarilib, Turkiston ipak sanoati aksiyadorlik jamiyati — «Turkshelk» sifatida faoliyat yurita boshladi.
2. O‘zMilliy arxifi, f. R-17, 1-ro’yxat, 820-ish, 152-varaq.
3. 1919 yil 14 apreldagi Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti (SNK TASSR) dekretiga muvofiq, Qo‘qon shahridagi aka-uka Mandalakilarga tegishli hamda Skobelev (Farg‘ona) shahrida joylashgan K. X. Yevtixidiga qarashli grenaj korxonalari barcha jihozlari va binolari bilan birga davlat tasarrufiga olindi.
4. O‘zMA, f. R-132, 2-ro’yxat, 24-ish, 24-varaq.
5. O‘zMA, f. R-132, 2-ro’yxat, 24-ish, 25-varaq.
6. 1927 yil noyabr oyida Toshkent ipakchilik stansiyasi qayta tashkil qilinib, O‘rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti (SANIISH)ga aylantirildi, Farg‘ona stansiyasi esa SANIIShning mintaqaviy (zonal) stansiyasi sifatida qayta tashkil etildi. Keyingi yillarda Samarqand va Ashxobod zonal ipakchilik stansiyalari ham SANIISH tizimiga kiritildi. SANIIShning asosiy vazifalari ipakchilik va ipakni qayta ishlash sanoatining iqtisodiy hamda texnik masalalarini o‘rganish, ipakchilik sohasida kooperativ tizimni rivojlantirish, shuningdek tutchilik, ipakchilik va ipakni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy hamda amaliy kadrlar tayyorlashdan iborat edi.
7. O‘zMA, f. 132, 6- ro’yxat, 20-ish, 6–7-varaq.
8. Султанова Н.К. Из истории создания шелкообрабатывающей промышленности УзССР // Общественные науки в Узбекистане. – 1975. – № 6-7. – Б. 83-86.
9. КПСС в резолюциях и решениях съездов, конференций и пленумов ЦК./ А.Г.Егоров, К.М.Боголюбов. Т. 2, –М.:Полиздат, 1983, –С. 67-70.( 609 с.)
10. Ульмасбаев Ш. Н. Индустриальное развитие Узбекистана за годы Советской власти. –Ташкент : Узбекистан, 1966, –С. 27. (270 с)
11. Ўз МА, ф. Р-9, 1-ro’yxat, 1116-ish, 57–58-varaqlar.
12. ЎзМА, ф. Р-9, 1-ro’yxat, 1116-ish, л. 57–58-varaqlar.
13. Сборник решений партии и правительства по хозяйственным вопросам (1917–1967 гг.), т. 1, 1917–1928 гг., М., 1967, стр. 232–233.
14. Султанова Н.К. Из истории создания шелкообрабатывающей промышленности УзССР // Общественные науки в Узбекистане. – 1975. – № 6-7. – Б. 83-86.
15. Об изменении устава Акционерного Общества «Туркшелк». Утверждено Советом Народных Комиссаров Союза ССР 29 июня 1926 года//Собрание законов и распоряжений Рабоче-Крестьянского Правительства СССР за 1926 г. № 1-39. Отдел второй. — М., б. г.–С 167-168. (245)
16. Шелковая промышленность СССР / С.А. Анучин, Г.Н. Кукин. – М, 1930.–С. 20. (367 с.)