HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR XODIMLARIDA ISH VA OILA MUVOZANATI (WORK-LIFE BALANCE) MUAMMOLARI: PSIXOLOGIK TAHLIL
Keywords:
Kalit so‘zlar: ish va oila muvozanati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kasbiy stress, emotsional zo‘riqish, kommunikativ muammolar, oilaviy nizolar, psixologik yordam.Abstract
Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarida ish va oila muvozanati (work-life balance) muammolari ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xizmat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, yuqori mas’uliyat, noan’anaviy ish jadvali, tungi navbatchilik, xavfli vaziyatlar bilan to‘qnashuv va emotsional zo‘riqish omillari xodimlarning shaxsiy hayotiga ta’siri o‘rganiladi. Ish va oila rollari o‘rtasidagi ziddiyatlar, vaqt resurslarining yetishmasligi hamda psixologik charchoq natijasida yuzaga keladigan kommunikativ muammolar, emotsional uzoqlashuv va oilaviy nizolar empirik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, psixodiagnostik metodlar va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ish va oila muvozanatining buzilishi xodimlarning psixologik farovonligiga, kasbiy samaradorligiga va oilaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moslashuvchan ish rejimi va psixologik yordam tizimlari muvozanatni tiklashda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari psixologik profilaktika va maslahat xizmatlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Richard S. Lazarus Lazarus R.S., Folkman S. Stress, appraisal, and coping. – New York: Springer Publishing Company, 1984. – 445 p.
2. Arnold B. Bakker Bakker A.B., Demerouti E. The Job Demands–Resources model: State of the art // Journal of Managerial Psychology. – 2007. – Vol. 22(3). – P. 309–328.
3. Jeffrey H. Greenhaus Greenhaus J.H., Beutell N.J. Sources of conflict between work and family roles // Academy of Management Review. – 1985. – Vol. 10(1). – P. 76–88.
4. Christina Maslach Maslach C., Leiter M.P. Understanding the burnout experience: recent research and its implications for psychiatry // World Psychiatry. – 2016. – Vol. 15(2). – P. 103–111.
5. John M. Violanti Violanti J.M., Owens S.L., Fekedulegn D. et al. An exploration of shift work, fatigue, and gender among police officers // Policing: An International Journal. – 2018. – Vol. 41(6). – P. 796–809.
6. Eric G. Lambert Lambert E.G., Qureshi H., Frank J. et al. The impact of work–family conflict on job stress among police officers // Policing: An International Journal. – 2017. – Vol. 40(4). – P. 903–916.
7. Allen T.D., Herst D.E.L., Bruck C.S., Sutton M. Consequences associated with work-to-family conflict: A review and agenda for future research // Journal of Occupational Health Psychology. – 2000. – Vol. 5(2). – P. 278–308.