OLIY TA’LIM MUASSASASI PEDAGOGLARIDA SALOMATLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Jumaniyazova Tupajon Alimovna Author

Abstract

Tadqiqotning dolzarbligi. Zamonaviy globallashuv sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va sog‘lom avlodni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy faoliyati va ularning salomatlik holati muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatning intensivlashuvi, axborot yuklamasining ortishi, stress omillarining kuchayishi natijasida pedagoglarda psixofiziologik zo‘riqish holatlari ko‘paymoqda. Bu esa nafaqat ularning shaxsiy salomatligiga, balki ta’lim jarayoni samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida salomatlikni saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompetensiyalarni rivojlantirish zarurati ortib bormoqda. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaviy yondashuv asosida pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan bo‘lsa-da, aynan salomatlik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Xususan, uning mazmuni, tuzilmasi, rivojlantirish mexanizmlari hamda pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha yagona ilmiy yondashuv shakllanmagan.

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarning salomatlik kompetensiyasini rivojlantirish ko‘proq fragmentar xarakterga ega bo‘lib, uzluksiz va tizimli tashkil etilmagan. Bu esa mazkur yo‘nalishda ilmiy asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

Published

2026-04-30

How to Cite

Jumaniyazova Tupajon Alimovna. (2026). OLIY TA’LIM MUASSASASI PEDAGOGLARIDA SALOMATLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 54(1), 204-205. https://journalss.org/index.php/trt/article/view/27342