STOMATOLOGIK INFEKSIYALARNING ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLILIGI MUAMMOSI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Antibiotik, rezistentlik, infeksiya, stomatologiya, mikroflora, davolash, probiotik, profilaktika.Abstract
Anotatsiya: So‘nggi yillarda stomatologik infeksiyalarni davolashda antibiotiklarga nisbatan chidamlilikning ortib borayotgani global sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy muammo sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu maqolada og‘iz bo‘shlig‘idagi bakterial muhitning o‘zgarishi, antibiotiklarning noto‘g‘ri yoki ortiqcha qo‘llanilishi, shuningdek, mikroorganizmlarda paydo bo‘layotgan rezistentlik mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Antibiotiklar stomatologiyada ko‘plab yallig‘lanishli kasalliklarda – periodontit, perikoronarit, abssess va boshqa infeksiyalarda keng qo‘llaniladi. Ammo ularning noto‘g‘ri tanlanishi yoki bemor tomonidan davolash kursining to‘liq o‘tamasligi bakteriyalarning chidamli shakllarini shakllantiradi. Maqolada stomatologik infeksiyalar bilan bog‘liq bakteriyalarning eng ko‘p uchraydigan turlari, ularning klinik ahamiyati hamda antibiotiklarga qarshi kurash strategiyalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari antibiotiklar o‘rniga mahalliy antiseptiklar, probiotik terapiya va lazer texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini ham ko‘rsatadi. Xulosa sifatida stomatologlar orasida antibiotiklarni mas’uliyatli qo‘llash madaniyatini shakllantirish, bemorlarda o‘zini-o‘zi davolashning oldini olish zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu maqola stomatologiya yo‘nalishidagi talabalar, amaliyotchi shifokorlar va tibbiy tadqiqotchilar uchun dolzarb ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.
References
1. Ahmedov B. “Mikrobiologiya va stomatologiyada infektsiyalar.” – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021. – 212-bet.
2. Karimova N. “Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi o‘zgarishlari va klinik ahamiyati.” – Andijon: Fan, 2022. – 178-bet.
3. Shavkatov A. “Stomatologiyada antibiotik terapiyasi asoslari.” – Samarqand: Ilm Ziyo, 2023. – 195-bet.
4. Wilson M. “Microbial Inhabitants of Humans: Their Ecology and Role in Health and Disease.” – Cambridge University Press, 2020. – p. 320.
5. Pallasch T.J., Slots J. “Antibiotic resistance in oral bacteria.” Journal of Clinical Periodontology, 2021, Vol. 48, pp. 450–462.
6. World Health Organization (WHO). “Global Action Plan on Antimicrobial Resistance.” – Geneva, 2019. – p. 140.