VATANPARVARLIK ICHKI ISHLAR XODIMLARIDA MUHIM AXLOQIY FAZILAT SIFATIDA
Abstract
Kirish. Globallashuv sharoitida davlat xavfsizligi, fuqarolar osoyishtaligi va qonun ustuvorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlarining roli beqiyos bo‘lib, ularning kasbiy faoliyatida vatanparvarlikning namoyon bo‘lishi davlat va jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biri sanaladi. Vatanparvarlik – bu shunchaki yurtni sevish tuyg‘usi emas, balki davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga tayyorlik, o‘z xizmat burchiga sadoqat kabi fazilatlar majmuidir.
Vatanparvarlikning axloqiy kategoriya sifatida o‘rganilishi falsafa, psixologiya, sotsiologiya hamda huquqshunoslik fanlarida keng yoritilgan. Masalan, E. Dyurkaym jamiyatning ma’naviy barqarorligi fuqarolarning umumiy qadriyatlarga sodiqligi bilan bog‘liqligini ta’kidlasa[1], A. Maslou insonning o‘zini anglash jarayonida yurt manfaati uchun xizmat qilish yuqori darajadagi ehtiyojlar sirasiga kirishini qayd etadi[2]. Shu nuqtayi nazardan, ichki ishlar xodimining vatanparvarlik ruhiga ega bo‘lishi uning kasbiy burchni ado etishida axloqiy tayanch vazifasini bajaradi.
[1] Durkheim, Émile. Moral Education. Dover Publications, 2002 (first published 1925).
[2] Maslow, Abraham. Motivation and Personality. Harper & Row, 1954.