O‘ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARNING IJTIMOIY-HUQUQIY HIMOYASI

Authors

  • Raxmanov Faxriddin Xudarganovich Author

Abstract

Kirish. Bugungi globallashuv va demokratik islohotlar jarayonida jamiyatda inklyuzivlik tamoyillarini qaror toptirish, har bir insonning huquq va erkinliklarini teng asosda ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lib, mazkur yo‘nalishda so‘nggi yillarda tizimli islohotlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida “ Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi” deb belgilangan [1]. Ushbu norma inson huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy poydevorini tashkil etadi. 2020-yilda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun esa mazkur yo‘nalishdagi munosabatlarni batafsil tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlardan biridir [2].

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yilgi tahrir.

2. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun. 2020-yil 15-oktybr.

3. United Nations. Convention on the Rights of Persons with Disabilities (CRPD). 2006.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” farmoni, 2022.

5. “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun. 938-XII-son, 03.09.1993

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. “Ijtimoiy himoya” bo‘yicha yillik ma’lumotlar. 2024.

7. World Health Organization. Rehabilitation in Health Systems. Geneva: WHO Press, 2017.

8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. 2023-yil.

9. International Labour Organization (ILO). Promoting Employment for People with Disabilities. Geneva, 2015.

10. “2020–2025-yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 2020.

11. UNICEF. Inclusive Education: Key Principles. New York, 2014.

Published

2025-12-01

How to Cite

Raxmanov Faxriddin Xudarganovich. (2025). O‘ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARNING IJTIMOIY-HUQUQIY HIMOYASI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 49(1), 186-188. https://journalss.org/index.php/trt/article/view/7280