STACKELBERG MODELINING NAZARIY ASOSLARI VA UNING AVTOSANOATDA QO‘LLANISHI
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada oligopolistik bozor sharoitida firmalar strategik qarorlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi Stackelberg modeli, uning nazariy mexanizmlari, yetakchi–izdosh munosabatlarining iqtisodiy mazmuni hamda avtosanoat misolida modelning amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Avtomobil sanoati yuqori kapital talab qiluvchi, bozorga kirish cheklovlari mavjud, kam sonli yirik ishlab chiqaruvchilar ustunlik qiladigan tarmoq bo‘lgani sababli, Stackelberg raqobat modeli ushbu tarmoqda real jarayonlarni tushuntirishda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Maqolada global avtosanoat ishlab chiqarish hajmlari, talab dinamikasi, O‘zbekiston avtosanoatida kuzatilayotgan tendensiyalar va yetakchi hamda izdosh firmalar strategiyasining bozor muvozanatiga ta’siri ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblangan avtosanoat global ishlab chiqarish, texnologik taraqqiyot, raqobat va innovatsiyalar markaziga aylandi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, dunyo bo‘yicha 2000-yilda yillik avtomobil ishlab chiqarish 58 million donani tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda ushbu ko‘rsatkich 92 milliondan oshdi. 2025-yil prognozlariga ko‘ra mazkur raqam 95–97 million donaga yetishi taxmin qilinmoqda. Aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiya jarayonlarining tezlashuvi, transportga bo‘lgan talabning ortishi, energiya samaradorligi va xavfsizlik standartlarining takomillashuvi avtosanoatning izchil o‘sishiga xizmat qilmoqda.
References
1. Heinrich von Stackelberg. Marktform und Gleichgewicht. Berlin, 1934.
2. OECD. Competition Issues in the Automotive Industry, 2023.
3. International Energy Agency (IEA). Global Automotive Outlook 2024.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining avtomobil sanoatini rivojlantirishga oid qarorlari.
5. Vahabov A.V., Xajibayev Sh.X. Mikroiqtisodiyot. Toshkent, 2020.
6. Statista. Global Car Production Data 2000–2024.