KARTOSHKA QAZIB YUKLAGICH KOMBAYNINING AMALIY TADQIQI
Keywords:
Kalit so'zlar: Kartoshka, kartoshka yig'ish kombayni, ajratish, tuproq, ko'taruvchi elevator, markazdan qochma ajratish, ishchi organ, samaradorlik, mexanik shikastlanish, matematik modellashtirish, iqtisodiy samaradorlik.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda markazdan qochma ko‘tarma-elovchi chiviqli elevator (MQKEChE) bilan jihozlangan KP-2 kartoshka qazib yuklagich kombaynining xo‘jalik sinovlari va texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Xo‘jalik sinovlari 2024-2025 yillarda Namangan viloyatida o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, KP-2 kombayni an'anaviy KPK-2 (murakkab kombayn) bilan solishtirganda yuqori natijalarga erishgan: mehnat sarfi 3 martadan ko‘proq qisqargan (20 odam/soat/ga dan 3,3 odam/soat/ga gacha) va umumiy massasi 3,5 barobar kamaygan (6000 kg dan 2000 kg gacha). Yangi texnik yechim tuganaklarning shikastlanishini ruxsat etilgan me'yordan ancha past darajaga (3,4%gacha) kamaytirdi. Hisoblangan yillik iqtisodiy samara 25,041 million so‘mni tashkil etdi (100 gektar uchun).
References
1. Salokhiddinov Nurmukhammad Sotimboevich WAYS TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF A POTATO HARVESTING MACHINE. nternational scientifi c and technical journal “SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT”. Volume 8 | Issue 5 | September – October 2025. pp.111-117.
2. O‘z DSt 923:2019. Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Kartoshka yig‘ish mashinalarini baholash metodlari. Toshkent: O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi. Toshkent: Agroprom-Nashr, 2020.
4. Visser, A. J. (2018). Potato Harvesting Technology: Minimizing Damage and Maximizing Efficiency. Elsevier Science.
5. Rossiya Federatsiyasining Patenti, № 2048726-sonli.
6. Normatov, U. J. (2019). Kartoshka yig‘ish mashinalari mehnat sarfini tahlil qilish va optimallashtirish yo‘llari. ("Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish" jurnali, № 3).
7. Van Der Werf, A. & P. S. B. F. (2020). Dutch Potato Production Systems: Innovation in Farming Practices. Wageningen Academic Publishers.