SHOTUT (MORUS NIGRA L.) MEVASI ASOSIDA FUNKSIONAL ICHIMLIKLAR TAYYORLASH VA XAVFSIZLIK ME’ZONLARINI ANIQLASH

Authors

  • Nomozboyeva Barchinoy Qahramon qizi Author

Keywords:

Shotut, Morus nigra L., funksional ichimlik, antosiyaninlar, fenolik moddalar, antioksidant faollik, xavfsizlik me’zonlari.

Abstract

Ushbu ilmiy tadqiqot Shotut (Morus nigra L.) mevasi asosida funksional ichimlik ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish hamda tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy, fitokimyoviy, antioksidant va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida yuqori antosiyanin va fenolik birikmalarga boy qora tut mevalari tanlandi. Meva sharbatidan funksional ichimlik tayyorlanib, unda eriydigan qattiq moddalar, pH, titrlanuvchi kislotalik, umumiy fenolik moddalar, umumiy antosiyaninlar hamda antioksidant faollik (DPPH va FRAP usullari) baholandi. Xavfsizlik me’zonlari mikrobiologik ko‘rsatkichlar va sanitariya talablari asosida tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, shotut asosidagi ichimlik yuqori antioksidant salohiyatga ega bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligi me’yorlariga to‘liq mos keladi va funksional ichimlik sifatida amaliy ahamiyat kasb etadi.

Published

2025-12-17

How to Cite

SHOTUT (MORUS NIGRA L.) MEVASI ASOSIDA FUNKSIONAL ICHIMLIKLAR TAYYORLASH VA XAVFSIZLIK ME’ZONLARINI ANIQLASH. (2025). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 2(1), 164-168. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/10885