ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) O’SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI O’RGANISH

Authors

  • Amirjonov Abdurahmon Bahodir o’g’li Author

Keywords:

za’faron, Crocus sativus L., kimyoviy tarkib, krotsetin, glikozid krotsetin, safranal, karotinoidlar, flavonoidlar, fenolik birikmalar, monoterpenoid, pikrokrosin.

Abstract

Bu maqolada za’faron (Crocus sativus L.) o’simligining kimyoviy tarkibi va xususiyatlari o’ganib chiqildi. Za’faron (Crocus sativus L.) biologik faol moddalarga nihoyatda boy bo‘lgan qimmatbaho dorivor va oziq-ovqat ahamiyatiga ega o‘simlik hisoblanadi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ushbu o‘simlikning kimyoviy tarkibi murakkab va ko‘p komponentli ekanligini ko‘rsatmoqda. Za’faron tarkibida asosiy bioaktiv moddalar sifatida krotsetin, glikozid krotsetin, efir moylari (safranal), flavonoidlar, fenolik birikmalar, uglevodlar, oqsillar, vitaminlar hamda makro va mikroelementlar mavjud. Ushbu moddalarning o‘zaro uyg‘unligi za’faronning yuqori antioksidant faolligini, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoyalash xususiyatini hamda farmatsevtik va parhezbop mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo‘llanilish imkoniyatini belgilaydi.

Published

2025-12-17

How to Cite

ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) O’SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI O’RGANISH. (2025). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 2(1), 169-177. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/10887