RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKTNING STRATEGIK BOSHQARUVDAGI ROLI

Authors

  • Xakimjonova Shaxzoda Nizomiddin qizi Author

Keywords:

Sun’iy intellekt tushunchasi ostida ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘rganish, xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilishda inson intellektiga xos funksiyalarni bajaruvchi algoritmlar va dasturiy tizimlar tushuniladi. Strategik boshqaruvda sun’iy intellekt asosan katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)ni qayta ishlash, bozor tendensiyalarini aniqlash, iste’molchilar xulq-atvorini prognozlash va strategik ssenariylarni modellashtirishda qo‘llaniladi. Bu esa menejerlarga murakkab va noaniq muhitda tezkor hamda asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Abstract

Raqamli transformatsiya jarayonlari korxona faoliyatining barcha sohalarini – ishlab chiqarish, moliya, marketing, logistika va inson resurslarini qamrab olib, boshqaruv tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda sun’iy intellekt strategik boshqaruvning muhim instrumenti sifatida namoyon bo‘lib, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborotga asoslangan, tizimli va prognozli yondashuvni shakllantiradi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi strategik boshqaruvni subyektiv baholashdan ob’yektiv tahlilga asoslangan mexanizmga aylantiradi.

Published

2025-12-19

How to Cite

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKTNING STRATEGIK BOSHQARUVDAGI ROLI. (2025). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 2(1), 338-341. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/11542