NAVOIY ASARLARIDA HUKMDOR AYOLLAR TASVIRI

Authors

  • Xolmurodova Odinaxon Dilmurod qizi Author

Keywords:

Ayol, hukmdor ayol, Alisher Navoiy, Humoy, Turonduxt, Ozarmdo‘xt, adolat, tarixiy obraz, davlat boshqaruvi, Sharq adabiy tafakkuri.

Abstract

Maqolada Alisher Navoiy asarlarida hukmdor ayollar tasviri tahlil qilinadi. Xususan, “Tarixi mulki Ajam” asaridagi Humoy, Turonduxт va Ozarmdo‘xt obrazlari misolida ayolning davlat boshqaruvidagi roli, adolat va mas’uliyat bilan qaror qabul qilishi, shuningdek, tarixiy sharoitdagi ijtimoiy qiyinchiliklar yoritiladi. Humoy onalik va hukmdorlik mas’uliyatini uyg‘unlashtirgan holda davlat taqdiriga ta’sir qilgan, Turonduxт adolatni xalq hayotida ustuvor qilgan, Ozarmdo‘xt esa hukmronlikda qat’iyat va mustaqil qaror qabul qilishning ahamiyatini ko‘rsatgan. Maqola ayol obrazining jamiyat va davlat hayotidagi beqiyos kuchini namoyon etadi va tarixiy hamda zamonaviy nuqtai nazardan qadrlanishini ta’kidlaydi.

Published

2025-12-20

How to Cite

NAVOIY ASARLARIDA HUKMDOR AYOLLAR TASVIRI. (2025). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 2(1), 424-428. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/11797