INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FOOT/OYOQ KONSEPTINING “TIK/QUYI JOYLASHUV” SEMANTIK MAYDONI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING LINGVOMADANIY JIHATLARI
Keywords:
Frazeologizmlar semantikasida ko‘pincha arxetipik belgilar — insoniyat tafakkurida qadimdan mavjud bo‘lgan universal obrazlar namoyon bo‘ladi. K.G.Yung nazariyasiga ko‘ra, arxetiplar inson ongi tubida saqlanadigan, turli madaniyatlarda o‘ziga xos shakl oluvchi ibtidoiy timsollar hisoblanadi. “Oyoq/foot” konsepti ana shunday arxetipik asosga ega bo‘lib, u “yer bilan aloqa”, “harakat”, “tayanch” va “yuqori-quyi” “yaxshi-yomon” kabi fundamental belgilarni ifodalaydi.Abstract
Tilning konseptual tuzilmasida frazeologik birliklar alohida o‘rin tutadi. Ular xalq tafakkurining tildagi in’ikosi, madaniy tajriba va ijtimoiy ong mahsulidir. Frazeologizmlar tilning semantik tizimida shunchaki barqaror birikmalar emas, balki konseptual va madaniy bilimlarni tashuvchi kognitiv birliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Somatik frazeologik birliklarning lingvomadaniy tahlili bizga tilning prototipik qatlamlariga chuqurroq kirib borish va frazeologik birliklarning bilvosita (implitsit) va ochiq (eksplitsit) ma’nolarini madaniyat belgisi sifatida aniqlash va talqin qilish imkonini beradi.
Downloads
Published
2025-12-21
Issue
Section
Articles
How to Cite
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FOOT/OYOQ KONSEPTINING “TIK/QUYI JOYLASHUV” SEMANTIK MAYDONI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING LINGVOMADANIY JIHATLARI. (2025). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 2(2), 83-91. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/11867