SHASHMAQOM AYTIM YOʼLLARI VOSITASIDA YUQORI SINF OʼQUVCHILARINI BADIIY-GʼOYAVIY TARBIYALASHNI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Mamajanova Muslimaxon Baxtiyor qizi Author
  • Annakulova Dildora Baymuratovna Author

Keywords:

Bugungi kunga kelib mustaqil O‘zbekistonda xalqning uzoq va yaqin o‘tmishiga, ajdodlar tomonidan yaratilgan badiiy boyliklarga bo‘lgan qiziqish va eʼtibor yanada kuchayib bormoqda. Buning natijasida maqomlarning o‘rni va ahamiyati qadrini topdi deyish mumkin. Anʼanaviy tarzda bizgacha yetib kelgan maqom asarlarining ilhombaxsh qudrati ijodkor zamondoshlarimiz – bastakor va kompozitorlarni, sozanda va xonandalarni hamisha ijodiy izlanuvchanlikka chorlaydi.

Abstract

Musiqiy madaniyatning barcha turlari kishilarga badiiy-estetik zavq beribgina qolmay, ilmiy tushunchalar bilan ifodalash g‘oyat mushkul bo‘lgan olam sirlari haqida bilimlar beradi, hayot haqiqa-tini badiiy-estetik vositalar orqali idrok etishga yaqindan yordam beradi.    Inson borligini, maʼnaviy taraqqiyotini musiqiy madaniyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan barcha allomalar musiqa va qo‘shiqchilik sanʼatining boy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishga, sanʼat orqali maʼnaviy kamolot cho‘qqilarini zabt etishga muvaffaq boʼlganlar.

Published

2026-01-18

How to Cite

SHASHMAQOM AYTIM YOʼLLARI VOSITASIDA YUQORI SINF OʼQUVCHILARINI BADIIY-GʼOYAVIY TARBIYALASHNI SHAKLLANTIRISH. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 3(1), 134-143. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/15329