O'ZBEK MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN’ATIDA MUSIQIY CHOLG'ULARINING TARIXIY TARAQQIYOTI

Authors

  • Mamajonova O‘g‘iloy Baxtiyor qizi Author
  • Ergashova Karomat Axmuradovna Author

Keywords:

O‘zbek xalq musiqasi, o'zbek xalq cholg'ulari, shakllanish va takomillashish, tasnifot, musiqa san'ati, Shark va G'arb musiqashunosligi, musiqiy iboralar, falsafiy xususiyatlar.

Abstract

Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg'ularning shakliga va milliylik mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lishi bilan birga tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ma'lumki, musiqiy cholg'ular xalqlarning moddiy hamda ma'naviy boyligidir. Chunonchi, har bir xalq o'z milliy merosi, davrlar osha yuzaga kelgan an'analarini milliy ohanglar orqali tarannum etuvchi va xalqning milliy ma'naviyatiga xos yaratilgan amaliy san'at namunalari orqali ularga mos keluvchi cholg'u asboblariga egadirlar.

Published

2026-01-18

How to Cite

O’ZBEK MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN’ATIDA MUSIQIY CHOLG’ULARINING TARIXIY TARAQQIYOTI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 3(1), 144-152. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/15330