ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA PREVENTIV DIPLOMATIYANING NAZARIYALARI
Keywords:
Preventiv diplomatiya, xalqaro munosabatlar, mojarolarning oldini olish, BMT, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, suv diplomatiyasiAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida preventiv diplomatiyaning o‘rni va ahamiyati keng qamrovda tahlil qilinadi. Ayniqsa, Sovuq urushdan keyingi davrda, xususan Sovet Ittifoqining parchalanishidan so‘ng, xalqaro hamjamiyat tomonidan mojarolar va qurolli to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgan diplomatik yondashuvlarning kuchaygani asoslab beriladi. Tadqiqotda preventiv diplomatiyaning nazariy shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida rivojlanishi yoritiladi. Dag Xammarshyold, Butros Butros-G‘ali, Kofi Annan va Maykl Lund kabi yetuk siyosiy arboblar va olimlarning qarashlari asosida preventiv diplomatiya tushunchasining mazmuni, maqsadlari hamda asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi.