ULUG‘BEK HAMDAMNING “ BINAFSHA” HIKOYASIDA SINTAKTIK VA STILISTIK O‘RINLAR.
Keywords:
Ulug‘bek Hamdam, “Binafsha” hikoyasi, sintaksis, stilistika, sintaktik birliklar, badiiy matn tili, lingvopoetika, sodda va qo‘shma gaplar, badiiy tasvir vositalari, muallif nutqi.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Ulug‘bek Hamdamning “Binafsha” hikoyasi tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot asosan asarda qo‘llangan sintaktik birliklar va ularning stilistik vazifalarini aniqlashga qaratilgan. Hikoya matnida sodda va qo‘shma gaplarning funksional xususiyatlari, parataksis va gipotaksis hodisalari, takror, ellipsis, inversiya kabi sintaktik vositalarning badiiy-estetik ta’siri atroflicha o‘rganiladi. Shuningdek, muallif nutqida sintaktik qurilmalar orqali qahramon ruhiy holati, ichki kechinmalari va asarning umumiy g‘oyaviy yo‘nalishi qanday ifodalangani tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari “Binafsha” hikoyasida sintaksis va stilistika uyg‘unligi badiiy obrazlilikni kuchaytiruvchi muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari badiiy matn lingvopoetik tahlilini amalga oshirishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.