KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA O‘QUV STRESSI VA OVQATLANISH TARTIBI BUZILISHINING GASTROINTESTINAL SALOMATLIKKA TA’SIRI
Keywords:
o‘quv stressi; kichik maktab yoshi; ovqatlanish buzilishi; gastrointestinal salomatlik; funksional gastroenterologik buzilishlar; psixosomatika; ovqatlanish xulqi; abdominal og‘riqlar; dispepsiya; meteorizm.Abstract
Statistikaga ko‘ra dunyo miqyosida bolalar gastroenterologiyasida "funksional kasalliklar patomorfizmi" kuzatilmoqda, maktab yoshidagi bolalarning 25 foizidan 40 foizigacha qismi me’da-ichak tizimi funksional buzilishlari (MI-TFB)dan aziyat chekadi. So‘nggi yillarda maktab dasturlarining intensivlashuvi o‘quvchilarda aqliy toliqishni oshiradi. Bunday kognitiv yuklama sharoitida gipotalamo-gipofizar-nadpochechnik tizimining faollashishi kortizol gormoni darajasining ko‘tarilishiga va vegetativ nerv tizimining disbalansiga olib keladi. Natijada bolalarda ovqatlanish xulq-atvori buzilad, bu esa o‘z navbatida visseral gipersensitivlikni shakllantirib, MI-TFB klinik belgilarini namoyon qiladi. Ovqatlanish tartibining buzilishi ayniqsa nonushtaning o‘tkazib yuborilishi, ratsionning noxush balanslashuvi, shirin va tez hazm bo‘ladigan uglevodlarga yuqori ehtiyoj bilan namoyon bo‘ladi. Funksional dispepsiya, qorin og‘riqlari, meteorizm, ich qotishi yoki diareya kabi funksional gastrointestinal buzilishlar paydo bo‘lishi xavfi ortadi.