O'ZBEKISTON KULOLCHILIK SANʼATINING ISTIQBOLLARI.
Keywords:
kulolchilik, milliy hunarmandchilik, anʼanaviy sanʼat, O‘zbekiston madaniyati, hunarmandchilik markazlari, turizm, eksport, madaniy meros, dizayn, innovatsiya.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston kulolchilik sanʼatining tarixiy rivojlanishi, uning milliy madaniyatdagi o‘rni hamda zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Kulolchilik qadimiy hunarmandchilik turlaridan biri bo‘lib, u xalqning estetik qarashlari, turmush tarzi va anʼanalarini aks ettiradi. Maqolada kulolchilik markazlari, hunarmandchilik anʼanalarining avloddan-avlodga o‘tishi, zamonaviy dizayn va texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, turizm rivoji, eksport imkoniyatlari va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati kulolchilik sanʼatining istiqbollari sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari kulolchilikni saqlash, rivojlantirish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilishning muhim yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiladi.