KICHIK BIZNESDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI JADALLASHTIRISH OMILLARI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Keywords:
raqamli transformatsiya, kichik biznes, iqtisodiy samaradorlik, raqamlashtirish omillari, elektron tijorat, bulutli texnologiyalar, raqamli marketing, innovatsiya, O'zbekiston, tadbirkorlik.Abstract
Ushbu maqolada kichik biznesda raqamli transformatsiyani jadallashtirish omillari va ularning iqtisodiy samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Maqolada raqamli transformatsiya tushunchasi, uning kichik biznes kontekstidagi o'ziga xos xususiyatlari va jadallashtiruvchi omillar tizimlashtirilgan holda ilmiy asoslangan. Jahon miqyosida kichik biznesning raqamli transformatsiyasi tajribasi, iqtisodiy samara ko'rsatkichlari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. O'zbekistonda kichik biznes sub'yektlarining raqamli transformatsiyasi holati, jadallashtiruvchi va to'suvchi omillar SWOT tahlili orqali aniqlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, kichik biznesda raqamli transformatsiyani jadallashtirish omillarining iqtisodiy samaradorlikka ta'sir mexanizmi ishlab chiqilgan hamda strategik takliflar taqdim etilgan.