JIZZAX VILOYATI TARIXIY-MADANIY OBYEKTLARINING GEOGRAFIYA TA’LIMIDAGI O‘RNI
Keywords:
geografiya ta’limi, mahalliy obyektlar, tarixiy-madaniy meros, Jizzax viloyati, geografik tafakkur, o‘quv jarayoni, hududiy materiallar, vatanparvarlik tarbiyasi, ta’lim samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada Jizzax viloyatida joylashgan tarixiy-madaniy obyektlarning geografiya ta’limidagi o‘rni va ularning o‘quv jarayonida qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Geografiya fanini o‘qitishda mahalliy tarixiy obidalar, madaniy meros maskanlari va tabiiy landshaftlardan foydalanish o‘quvchilarda hududiy tafakkurni shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliy misollar bilan mustahkamlash hamda fan mazmunini yanada chuqurroq anglashga xizmat qilishi yoritilgan. Shuningdek, maqolada Jizzax viloyatining tarixiy va madaniy merosi geografiya darslarida ko‘rgazmali material sifatida foydalanilganda o‘quvchilarning geografiya faniga bo‘lgan qiziqishi oshishi, ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalari rivojlanishi va vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllanishi masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.