MASOFAVIY TA’LIM TERMINOLOGIYASINI QO‘LLASHDAGI MUAMMOLAR: LINGVISTIK VA AMALIY JIHATLAR
Keywords:
masofaviy ta’lim, terminologiya, lingvistik tahlil, amaliy muammolar, termin o‘zlashuvi, standartlashuv, ta’lim texnologiyalari, LMS, raqamli ta’lim muhitiAbstract
Mazkur maqolada masofaviy ta’lim terminologiyasini qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan inglizcha o‘zlashma terminlarning o‘zbek tiliga moslashuvi, ularning semantik aniqligi, morfologik shakllanishi hamda funksional qo‘llanishi o‘rganiladi. Shuningdek, terminlarning turlicha tarjima qilinishi natijasida yuzaga kelayotgan noaniqliklar, standartlashuv muammolari va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada lingvistik yondashuv bilan bir qatorda amaliy jihatlar ham tahlil qilinib, masofaviy ta’lim platformalari, elektron resurslar va raqamli ta’lim muhitida terminlardan foydalanishdagi kamchiliklar misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida terminologiyani tizimlashtirish, yagona me’yorlarni ishlab chiqish va milliy til imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi asoslab beriladi.