RAQAMLI IQTISODIYOTNING XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI

Authors

  • Lola Xalikova Nazarovna Author
  • Mo‘’tabar Absamatova Jamshid qizi Author
  • Rasulova Munisa Ubaydullo qizi Author

Keywords:

raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish sohasi, elektron xizmatlar, innovatsiya, raqamli transformatsiya, iqtisodiy samaradorlik

Abstract

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Xususan, xizmatlar sektorida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yuzaga kelayotgan iqtisodiy samaradorlik, operatsion xarajatlarning qisqarishi, xizmatlarning sifati va tezkorligining oshishi kabi jarayonlar tahlillar orqali asoslab berilgan.

Tadqiqot davomida elektron xizmatlar sonining ortishi, internet foydalanuvchilari ko‘lamining kengayishi hamda elektron tijorat hajmining o‘sishi xizmat ko‘rsatish sohasining raqamli transformatsiyasi bilan bevosita bog‘liq ekanligi  aniqlangan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot kichik biznes subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishi va bozor raqobatini kuchaytirishi ilmiy jihatdan yoritilgan.

Published

2026-04-06

How to Cite

RAQAMLI IQTISODIYOTNING XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 6(1), 58-62. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/23775