O‘QUVCHI YOSHLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA OILA MAHALLA MAKTAB HAMKORLIGI
Keywords:
oila, mahalla, maktab, hamkorlik, ma’naviy tarbiya, axloqiy tarbiya, o‘quvchi yoshlar, ijtimoiylashuv, qadriyatlar, pedagogik jarayon.Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda ushbu uch asosiy ijtimoiy institutning o‘zaro hamkorligi, ularning tarbiya jarayonidagi vazifalari va ta’sir mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi.
Shuningdek, oila muhitining birlamchi tarbiya maskani sifatidagi roli, mahallaning ijtimoiy nazorat va qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni hamda maktabning tizimli ta’lim-tarbiya berishdagi funksiyasi tahlil qilinadi. Ushbu hamkorlik mexanizmi o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy mas’uliyat hissini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.