RAQOBAT MUHITIDA NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISHDA SIFAT MENEJMENTINING ROLI
Keywords:
Raqobat muhiti, nodavlat ta’lim muassasalari, strategik rivojlanish, sifat menejmenti, ta’lim menejmenti, ta’lim sifati, raqobatbardoshlik, strategik boshqaruv, xizmatlar sifati, ta’lim bozori, xizmatlar bozori.Abstract
Mazkur tezisda raqobat muhitida nodavlat ta’lim muassasalarini strategik rivojlantirish jarayonida sifat menejmentining roli nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv sharoitida ta’lim xizmatlari bozori keskin raqobatlashib borayotgani sababli nodavlat ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini samarali tashkil etish, iste’molchi talablariga moslashish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, sifat menejmenti tizimi ta’lim muassasalarining ichki boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tezisda sifat menejmentining asosiy tamoyillari, jumladan doimiy takomillashtirish, iste’molchi yo‘naltirilganlik, jarayonlarni standartlashtirish va monitoring tizimlari orqali boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, raqobatbardoshlikni ta’minlashda innovatsion boshqaruv yondashuvlari, raqamli texnologiyalarni joriy etish va xalqaro sifat standartlaridan foydalanishning ahamiyati asoslab beriladi.