EFTALIYLAR TARIXINI O‘RGANISHDA ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALARNING AHAMIYATI

Authors

  • Maxmudova Nigoraxon Maxsudjon qizi Author

Keywords:

eftaliylar, arxeologiya, numizmatika, dafn yodgorliklari, tamg‘a, muhr, yozma manbalar, baqtriy hujjatlar, xitoy solnomalari, Markaziy Osiyo.

Abstract

Mazkur maqolada eftaliylar tarixini o‘rganishda arxeologik va yozma manbalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda eftaliylarni arxeologik jihatdan aniq identifikatsiya qilishning murakkabligi, dafn yodgorliklari, istehkomlar, turar-joy majmualari, san’at yodgorliklari, muhrlar, tamg‘alar va ayniqsa numizmatik topilmalarning ilmiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, vizantiya, suriya, arman, xitoy, hind, arab-fors va baqtriy tilidagi hujjatlar asosida eftaliylar haqidagi yozma ma’lumotlarning mazmuni, o‘zaro farqi va manbashunoslik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada eftaliylar tarixini tiklash birgina etnik yoki siyosiy mezon asosida emas, balki turli hududlar va turli tipdagi manbalarni qiyosiy o‘rganish orqali amalga oshirilishi lozimligi asoslab beriladi.

Published

2026-04-20

How to Cite

EFTALIYLAR TARIXINI O‘RGANISHDA ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALARNING AHAMIYATI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 6(1), 393-409. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/25608