TOSHKENT SHAHRINING QADIMIY YOSHINI ANIQLASHDA M. E. MASSON VA UNING ILMIY MAKTABI VAKILLARINING O‘RNI
Keywords:
Toshkent, M.E. Masson, ilmiy maktab, arxeologiya, qadimgi shahar, Choch, Ming‘o‘rik, Shoshtepa, M.I. Filanovich, Yu.F. Buryakov, urbanizatsiya, 2200 yillik tarix.Abstract
Ushbu maqolada Toshkent shahrining qadimiy yoshini aniqlashda M.E. Masson va uning ilmiy maktabi vakillarining tutgan o‘rni tahlil qilingan. Muallif Toshkentning 2200 yillik tarixini ilmiy asoslash jarayonida O‘rta Osiyo arxeologiya maktabining metodologik va amaliy ahamiyatini yoritadi. Maqolada Masson tomonidan yaratilgan ilmiy maktabning Toshkent tarixini kompleks tarzda, ya’ni arxeologik qazishmalar, yozma manbalar va tarixiy-geografik ma’lumotlar asosida o‘rganishga asos bo‘lgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Margarita Filanovich va Yuri Buryakov kabi olimlarning Ming‘o‘rik, Shoshtepa va Choch vohasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari Toshkentning qadimgi urban markaz sifatidagi o‘rnini aniqlashda muhim omil bo‘lgani asoslangan. Maqolada Toshkentning 2200 yillik yubileyi ilmiy xulosa sifatida shakllanishida Masson ilmiy maktabining hal qiluvchi o‘rni ochib berilgan.