QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYALARINING O‘ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Quyosh fotoelektr stansiyalari, qayta tiklanadigan energiya, fotovoltaika, O'zbekiston energetikasi, Masdar, agro-voltaika, net metering, ko'p kaskadli quyosh elementlari, NREL, CO2 emissiyasi, davlat-xususiy sheriklik (DXSH), energiya saqlash tizimlari (BESS), quyosh panellari samaradorligi, barqaror energiya, ekologik toza texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqola O'zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarining (QFS) rivojlanish istiqbollari, texnologik xususiyatlari va iqtisodiy ahamiyati haqida bahs yuritadi. Tadqiqotda quyosh energetikasining dunyo va milliy miqyosidagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan, O'zbekistondagi eng yirik amaldagi va istiqbolli loyihalar ko'rib chiqilgan. Maqolada quyosh panellari ish prinsipi, AQSH milliy tadqiqotlar laboratoriyasining (NREL) zamonaviy texnologiyalari, shuningdek, "quyoshli xonadon" dasturi, agro-voltaika kabi innovatsion yo'nalishlar yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, 2030-yilga borib O'zbekistonda quyosh energetikasi quvvatini 10-15 GVt gacha yetkazish, gaz iste'molini yilliga 800 million kubometrga kamaytirish va CO2 emissiyasini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligi aniqlangan.