BOSHLANG’ICH TA’LIM JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYA MAZMUNI VA TAMOYILLARI
Keywords:
ekologik tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, ekologik madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ong, barqaror rivojlanish, pedagogik tamoyillar, integrativ yondashuv, amaliy faoliyat, o‘quvchi kompetensiyasiAbstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida ekologik tarbiyaning mazmuni va tamoyillari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Unda o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni tarkib toptirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, ekologik tarbiyaning asosiy tamoyillari — uzluksizlik, tizimlilik, integrativlik va amaliy yo‘naltirilganlik asosida tashkil etishning samarali usullari ko‘rsatib beriladi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ekologik tarbiyani tashkil etishning pedagogik ahamiyati hamda uning ta’lim sifati va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligiga ta’siri asoslab beriladi.