BUG‘DOY YETISHTIRISHNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘NALISHLARI
Keywords:
agrar siyosat, hosildorlik, subsidiyalar, kredit resurslari, agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi samaradorligi, ekonometrik tahlil, oziq-ovqat xavfsizligi.Abstract
Mazkur tadqiqotda bug‘doy yetishtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mazmuni va asosiy yo‘nalishlari tizimli yondashuv asosida tahlil etilgan. Tadqiqot jarayonida 2020–2024-yillar bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida bug‘doy hosildorligi, subsidiyalar hajmi, kredit resurslari va agrotexnologik omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Amalga oshirilgan korrelyatsion va regressiya tahlillari natijalari hosildorlikka ta’sir etuvchi omillar ichida mineral o‘g‘itlardan foydalanish darajasi yuqori ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim rag‘batlantiruvchi omillar sifatida namoyon bo‘lishi asoslandi. Tadqiqot natijalari davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, agrotexnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish hamda resurslardan samarali foydalanish orqali bug‘doy yetishtirish samaradorligini oshirish mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab beradi.