PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINOYATLARNI FOSH ETISH VA QIDIRUVDAGILARNI ANIQLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Profilaktika inspektori, jinoyatchilik, qidiruvdagi shaxs, kriminologik monitoring, xavf guruhi, profilaktik suhbat, raqamli tizimlar, sun’iy intellekt, kriminal xaritalash, fosh etish, huquqni muhofaza qilish, bashoratli politsiya, xavfsizliz strategiyasi.Abstract
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va hududiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni, vakolatlari hamda amaliy faoliyatidagi muammolar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, ichki ishlar organlarining raqamlashtirilgan axborot tizimlari, kriminologik monitoring, xavf guruhiga mansub shaxslarning profilini aniqlash, sun’iy intellekt asosidagi bashorat texnologiyalaridan foydalanish orqali profilaktik faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari, jinoyatchilikka qarshi kurashda inspektorlar faoliyatini takomillashtirish hududiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy maqolada profilaktika inspektorining hudud miqyosida jinoyatlarning oldini olish, jinoyatlarni fosh etish va qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash jarayonlaridagi roli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Jinoyatchilikning o‘sishi, ijtimoiy xavfli shaxslar sonining ko‘payishi, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar dinamikasi, oiladagi zo‘ravonlik holatlari va jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq turli tahdidlarning kuchayishi profilaktika inspektorining faoliyatini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Mazkur ishda inspektor faoliyatining huquqiy asoslari, kasbiy kompetensiyalari, xizmat yuklamasi, hududiy nazorat mexanizmlari hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash darajasi keng qamrovli tahlil etiladi. Tadqiqot davomida jinoyatchilikka qarshi kurashda kriminologik monitoringning ahamiyati, xavf guruhidagi shaxslar bilan ishlash algoritmi, sun’iy intellekt, raqamli ma’lumotlar bazasi, yuzni aniqlash tizimlari, “xavf xaritalari” va bashoratli politsiya elementlarini joriy etish imkoniyatlari asoslab berildi. Olingan natijalarga ko‘ra, profilaktika inspektorlari faoliyatini modernizatsiya qilish jinoyatchilikning umumiy darajasini sezilarli kamaytirib, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash samaradorligini oshirishi aniqlandi.