PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLARNI SODIR ETILISHI SABABLARI VA UNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN TAQDIMNOMA KIRITISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
profilaktika inspektori, huquqbuzarlik sabablari, shart-sharoitlar, taqdimnoma, profilaktika faoliyati, xavf guruhi, ijtimoiy nazorat, huquqiy mexanizm, mahalla, barvaqt aralashuv.Abstract
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritish faoliyatining nazariy asoslari, amaliy jihatlari va takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Mavjud normativ-huquqiy baza, amaldagi tizimning afzalliklari hamda kamchiliklari tahlil qilinib, profilaktika inspektorlarining zamonaviy sharoitdagi vakolatlari, texnik ta’minoti, hamkorlik mexanizmlari va xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot yakunlari profilaktika inspektori faoliyatining ilmiy asoslangan modeli, taqdimnomalarning huquqiy kuchini mustahkamlash va ularning real ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.